Erondagi o‘zbekistonliklar ham ogohlantirildi
Jamiyat
−
13 iyun
4004Eron Islom Respublikasida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish so‘ralmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Xususan, Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi, raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi Erondagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni, shuningdek, Eron hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya qiladi.
Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yurish so‘raladi.
Agar shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin:
Favqulodda yordam telefonlari:
- 22299780
- 22832025
Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz
Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronning bir qator yadro ob’ektlari va yuqori qo‘mondonlik binolariga hujum qilganini xabar qilgan edi. Ushbu hujum oqibatida bir qator eronlik qo‘mondonlar va yadroviy tadqiqotlar bo‘yicha olimlar halok bo‘lgani aytilmoqda.
Buning ortidan endi Isroilga raketa otilishi mumkinligi munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarga tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qilmoqda.
LiveBarchasi