Erondagi teraktda to‘rt politsiyachi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 23 iyul kuni Eron janubi-sharqidagi Siston-Balujiston viloyatida terrorchilik guruhi tomonidan uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida yo‘l harakati politsiyasining to‘rt nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda mintaqa prokuraturasiga tayanib, “Tasnim news” agentligi xabar berdi.

Agentlik terakt qurbonlarining ismlarini keltirib, hujum Xashdan Taftanga ketayotgan yo‘lda sodir bo‘lganini ta’kidlagan.

“Ushbu teraktda yo‘l politsiyasi xodimlari Mehdi Ollohpur, Rizo Ismoiliy, Muhammad Rizo Shayxiy va Hasan Vohidiy halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Hozirda mamlakat kuch tuzilmalari tomonidan jinoyatchilar qidirilmoqda. Shuningdek, davlatda faoliyat yuritayotgan hech bir qurolli guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Ma’lumot uchun, Siston-Balujiston Eronning 31 viloyatidan biri bo‘lib, mamlakat janubi-sharqida Afg‘oniston va Pokiston bilan chegaradosh hududda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing