Erondagi portda bir vaqtda 5 ta kema yonib ketdi

Olam

image

Kecha, 5 avgust kuni ertalab Eronning Ganava portida (Bushehr viloyati) 5 ta savdo kemasi yonib ketdi. Bu haqda IRNA agentligi shahar meri G‘ulomrizo Mehrjuga tayanib xabar berdi.

Yong‘in ertalab soat 5:00 larda sodir bo‘lgan. 5 ta kema yongan, ularning to‘rttasida yuk bo‘lgan, biriga esa endi yuk ortilishi kerak bo‘lgan.

“Ganava portiga kirishda ko‘plab kemalar langar tashlagani sababli biz yonayotgan kemalarni tortib olib, qolganlarini qutqarishimiz kerak bo‘ldi”, degan Mehrju.

Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan. Ganava portida o‘sha vaqtda mingdan ortiq kema bo‘lgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in kema

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing