Erondagi hujumga AQSH ham qo‘shildi – OAV

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni AQSH Isroil bilan birgalikda Eron hududiga hujumlar uyushtirishni boshladi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Qatardagi AQSH elchixonasi barcha xodimlarga zudlik bilan xavfsiz joylarda boshpana izlash buyrug‘i bergan.

Eronning “Mehr” axborot agentligi Tehrondagi Eron razvedka binosiga hujum qilinganini da’vo qilmoqda.

Shuningdek,Air Haifa aviakompaniyasi Ichki front qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga muvofiq bugungi barcha reyslarni bekor qilgani haqida xabar berilgan.

Bundan tashqari, OAV Eron aholisiga tayanib, mamlakatning turli hududlarida tartibsizlik va vahima hukm surayotgani haqida xabar bermoqda.

OAVga ko‘ra, Isroil tomonidan start berilgan operatsiya “Yehuda qalqoni” deb nomlangan.

Shu bilan birga, Isroilda bo‘lib turgan harbiy texnikalarga yonilg‘i quyuvchi vositalar ham Isroilni tark etgani haqida xabarlar bor.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing