Eronda zilzila yuz berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Eron shimoli-sharqidagi Razaviy Xuroson viloyatida 5 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda viloyat prefekturasi rahbari Xojatulloh Shariatmadoriy ma’lum qildi.

Zilzila oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yana besh kishi turli darajada jarohatlanganligi aytilmoqda.

“Rixter shkalasi bo‘yicha 5 magnitudali zilzila qayd etildi. Buning oqibatida besh kishi jabrlandi. Afsuski, viloyatning Kashmar shahrida savdo binosi fasadining qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi”, deydi viloyat rahbari.

Rasmiyning aniqlik kiritishicha, hududda vayronalarni tozalash ishlari boshlangan. Ayni damda, uning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan bolani olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan. 

Qolaversa, qutqaruv xodimlari vayronalar ostida qolgan er-xotinni ham olib chiqish ustida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 11 iyun kuni Tojikistonda ham zilzila sodir bo‘lgan va uning kuchi O‘zbekistonda ham sezilgandi.Shuningdek, bugun, 18 iyun tongida Qirg‘izistonda 4 magnitudali zilzila yuz bergan va uning kuchi Andijon viloyatida sezilganligi haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron zilzila Razaviy Xuroson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made