Eronda zilzila oqibatida 800 dan ortiq kishi jabrlandi
Olam
−
30 yanvar 2023
5312Joriy yilning 28 yanvar kuni Eron shimoli-g‘arbida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda 816 kishi jabrlanib, uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat gubernatori Muhammad Sadeg Motamedyanga tayanib, IRNA agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Xoy shahridan 23 km uzoqlikda, 43 km chuqurlikda joylashgan.
Motamedyanning so‘zlariga ko‘ra, 64 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida ikki shahar va 70 dan ortiq qishloqdagi binolarning 20 foizdan 50 foizigacha vayron bo‘lgan. Shuningdek, 30 ta qishloqda elektr ta’minoti uzilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 yanvar kuni Pokistonda 6,3 magnitudali zilzila qayd etilgandi.
LiveBarchasi