Qashqadaryoda mudhish YTH! Uch kishi avtomobilda yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 aprel kuni soat 00:50 da Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. YTHda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Haydovchi 28 yoshli F.Sh. Spark rusumli avtomashinasini Muborak tumani Sariq qishlog‘idan o‘tuvchi “4P-96” avtomobil yo‘lining 3 kilometrida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 24 yoshli F.X. boshqaruvidagi “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan.

Natijada Spark avtomashinasi yonib ketib, haydovchi F.Sh. va uning yo‘lovchilari, 27 yoshli B.D. va 26 yoshli A.M., hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

448

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing