Eronda o‘zbek Abdulatif Murodiy qatl etildi

Olam

image

Eronda asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan Abdulatif Murodiy o‘lim jazosiga hukm qilindi. U kecha, 20 iyun kuni Mashhaddagi Vakilobod qamoqxonasida osildi. Bu haqda viloyat bosh sudyasi G‘ulomali Sodig‘i rasman ma’lum qilgan.

Abdulatif Murodiy joriy yilning 5 aprelida, Ramazon oyida, Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasida shia ulamolari Muhammad Asloniy va Muhammad Sodiq Doroiyga pichoq bilan hujum uyushtirganlikda gumonlanib, hibsga olingan edi.

Eron matbuotiga ko‘ra, 21 yoshli Murodiy ularning har biriga pichoq bilan kamida 20 tadan jarohat yetkazgan. Muhammad Asloniy voqea joyida vafot etgan. Muhammad Sodiq Doroiy ikki kundan keyin shifoxonada vafot etgani xabar qilingan.

Ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy voqeani “terrorchilik akti” deb atagan. Biroq sud Abdulatif Murodiyni “Allohga qarshi jinoyat qilish”da aybdor deb topgan. Unga nisbatan hukm 7 iyun kuni e’lon qilingan.

Murodiy Gunobod shahridagi masjidda ikki sunniy imom otib o‘ldirilganidan ikki kun o‘tib shia ulamolariga hujum qilgan.

83 million aholiga ega Eronda aholining asosiy qismi shialar, sunniylar esa 10 foizni tashkil qiladi.

Murodiy dastlab Afg‘oniston fuqarosi ekani ma’lum qilingan, biroq “Tasnim” agentligi keyinchalik u “o‘zbek” bo‘lib, “bir yil avval Pokiston chegarasidan Eronga noqonuniy ravishda kelgani” va Mashhadda yashaganini yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

3920

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing