Eronda rossiyalik jurnalist josuslikda ayblanib, hibsga olindi

Olam

image

Rossiyalik jurnalist Yuliya Yuzik shu yilning 2oktyabr kuni Tehrondagi mehmonxonada ushlandi. Bu haqda Bu haqda Izvestiya nashri yozmoqda. 

"2 oktyabr kuni Rossiya fuqarosi Eron poytaxtida bo‘lgan mehmonxonada hibsga olingan", deydi Rossiyaning Erondagi elchixonasi matbuot attashesi Andrey Ganenko. 

Ammo u Yuzik elchixonani Tehronga kelgani to‘g‘risida xabardor qilmagan. Bundan tashqari, aeroportda jurnalistning pasporti tortib olingan, lekin u bu haqda ham Rossiya diplomatik vakolatxonasini xabardor qilmagan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziriligi vakili Mariya Zaxarova Eronning Moskvadagi elchisi Mehdi Sanayini Yuzik bilan bog‘liq vaziyatini tushuntirish va uning huquqlarini ta’minlash uchun Rossiya TIVga taklif qilinganini aytdi.

Zaxarova shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya fuqarosini ozod qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdi.

Rossiyalik jurnalist Boris Voysexovskiy Facebook`dagi sahifasida voqea haqida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehronga kelgan Yuzikni Islomiy Inqilobiy Soqchilar Korpusi (IICK) vakillari hibsga olgan. Ayol Isroil maxfiy xizmatlari bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib, hibsga olingan. U 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin, deydi u.

Hibsga olingandan so‘ng, jurnalistga uyiga bitta qisqa qo‘ng‘iroqni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Sud jarayoni 5 oktyabrga belgilangan.

"Rossiya Jurnalistlari Uyushmasi (RJU) Yuliya Yuzik taqdiridan tashvishda. Jamoat birlashmasi ro‘y bergan sabablarni aniqlamoqda", dedi RJU rahbari Vladimir Solovyov.

Ma’lumot uchun, Yuliya Yuzik bir necha yil Eronda muxbir bo‘lib ishlagan. Hamkasbining so‘zlariga ko‘ra, u mamlakatga taklifnoma bilan qaytib kelgan va hibsga olingan. Jurnalist o‘z joniga qasd qilishga qaror qilgan ayollarga bag‘ishlangan "Allohning kelinlari" kitobining muallifidir.


Maqola muallifi

Teglar

Yuliya Yuzik Eronda hibsga olindi

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing