AQSHda Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti hibsga olindi

Sport

image

AQSH Federal qidiruv byurosi (FBI) Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiani Jahon chempionati finalidan keyin Nyu-York aeroportida hibsga oldi. Bu haqda Argentinaning TN telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Tapia va AFA’ning yana bir qator mas’ul xodimlarining kompyuterlari hamda mobil telefonlari musodara qilingan.

Sud hujjatlariga asosan, Klaudio Tapia, assotsiatsiya g‘aznachisi Pablo Tovino va AFA rahbariyati bilan bog‘liq tadbirkor Xaver Faroni joriy yilning 30 iyul kuni Florida shtati Janubiy okrugi federal sudida ko‘rsatma berishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa AFA faoliyatiga oid moliyaviy va tijorat bitimlari yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida sodir bo‘lgan.

Shuningdek, tergovchilar Xaver Faroni va uning rafiqasi tomonidan Janubiy Floridada kamida 4 ta qimmatbaho ko‘chmas mulk sotib olinganini ham o‘rganmoqda. Ushbu xaridlarning umumiy qiymati 11 million dollardan ortiq ekani aytilmoqda.

Bundan tashqari, AQSH Adliya vazirligi AFA’ning moliyaviy faoliyati bo‘yicha dastlabki tekshiruvni davom ettirmoqda. Tergov doirasida tashkilot bilan bog‘liq mablag‘larning AQSH bank tizimi orqali harakati o‘rganilib, ular moliyaviy firibgarlikka oid qonunbuzarliklar bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligi aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing