Eronda prezidentlikka nomzodlar e’lon qilindi

Olam

image

Eronda mamlakatning sobiq rahbari Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan navbatdan tashqari saylovlarda prezidentlikka nomzodlar uchun kvalifikatsiya yakunlandi va nomzodlar tasdiqlandi. Bu haqda saylov shtabining matbuot kotibi Muhsin Islomiy ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, 20 ga yaqin nomzod bo‘lib, shulardan olti nafar nomzod tasdiqlangan. Bular:

  • Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining sobiq rahbari Mustafo Purmuhammadiy (2013 yilgi saylovlarda nomzodini qaytarib olgan);
  • Eron oliy rahbarining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy;
  • amaldagi parlament spikeri  Muhammad Bag‘er G‘olibaf (uch marta saylovda qatnashgan – 2005 yilda to‘rtinchi o‘rinni egallagan, 2013 yilda – ikkinchi, 2017 yilda u o‘z nomzodini qaytarib olgan);
  • Tehron meri Alirizo Zakaniy (2013 va 2017 yillarda saralashdan o‘ta olmagan, 2021 yilda Raisiy foydasiga o‘z nomzodini qaytarib olgan);
  • Eronning sobiq sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim vaziri va parlament a’zosi Mas’ud Pezeshkiyon;
  • Shahidlar va faxriylar ishlari bo‘yicha jamg‘arma rahbari, Eron parlamenti raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Amir Husayn G‘ozizoda Hoshimiy.

Islomiyning qo‘shimcha qilishicha, nomzodlar e’lon qilinganidan keyin saylovoldi tashviqot ishlari boshlanadi. U saylovlar arafasida, 27 iyunda yakunlanadi. 

Eron prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan birinchi ayol, Eron parlamentining sobiq a’zosi Zohre Elaxian o‘z nomzodini qaytarib olganini ma’lum qildi. Shuningdek, Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod (mamlakatni 2005–2013 yillarda boshqargan) ham tanlovdan o‘ta olmadi. Unga uchinchi bor saylovda qatnashish huquqi berilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron saylov prezidentlikka nomzodlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing