Eronda portlash bo‘ldi. Mudofaa vazirligi rasmiy bayonot berdi

Olam

image

Eron poytaxti Tehronning sharqiy chekkasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy “Mehr” agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, osmonda biror nima portaganday, yorqin nur paydo bo‘lgan.

“New York Times” muxbiri Farnaz Fassihiy Twitter’dagi o‘z sahifasida portlash haqida izoh berdi. Uning yozishicha, portlash Eron yadroviy sinovlarini o‘tkazgan Parchindagi harbiy baza hududida bo‘lgan.

Shuningdek, u portlash joyi ko‘rsatilgan xaritani namoyish etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu joy yadroviy faoliyat olib boriladigan ob’ekt joylashgan joyga to‘g‘ri keladi.

Keyinchalik, Eron Mudofaa vazirligini vaziyatga rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, texnikaviy gaz bo‘lgan rezervuar vazirlik ob’ektlaridan birining hududida portlagan. 

“Harbiy ob’ektlar zarar ko‘rmagan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan, jabrlanganlar yo‘q”, deyiladi vazirlik rasmiy bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

216

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing