Eronda qor ko‘chkisi 8 kishini hayotdan olib ketdi

Olam

image

Eron Islom Respublikasi poytaxti Tehron shahri yaqinidagi tog‘larda qor ko‘chkisi sodir bo‘lgan. Oqibatda sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana yetti kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Eronning IRIB agentligi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, 25 dekabr kuni qor ko‘chishi oqibatida 29 alpinist “tuzoqqa tushgan”. Qutqaruv operatsiyasi davomida ulardan atigi 14 nafari evakuatsiya qilingan. Hozirda qutqaruvchilar vertolyotlarda qidiruvni davom ettirmoqda.

Eronning Alpinizm va tog‘ga chiqish federatsiyasi veb-saytida qor ko‘chkisi paytida alpinizm bo‘yicha murabbiy Xasan Amini Azardust halok bo‘lgani haqida xabar berilgan. Boshqa qurbonlar va bedarak yo‘qolganlarning ismlari ochiqlanmagan.

Hodisadan sal oldin federatsiya Eronning tog‘li hududlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qilgan. 25 va 26 dekabr kunlari havo harorati ko‘tarilib, qorning erishiga va qor ko‘chishiga olib kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing