Eronda itlar bilan sayr qilish taqiqlandi
Olam
−
03 iyun 2635 1 daqiqa
Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyati Urmiya shahrida itlar bilan sayr qilish taqiqlandi. Bu haqda “Yeni Sabah” xabar berdi.
Taqiqqa ko‘ra, ushbu uy hayvonlarini jamoat joylari, bog‘lar va transportda olib chiqish mumkin emas. Prokuratura taqiqni buzganlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.
Biroq bu qaror Eron ichkarisida katta e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Hayvon huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bunday choralarni “asossiz va haddan tashqari cheklovchi” deb baholamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham noroziliklar kuchaygan. Foydalanuvchilar bu qarorni tanqid qilib, “Shaharlarda jinoyatga qarshi kurashish o‘rniga, hayvonlarga qarshi kurash olib borilyapti”, deya fikr bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, bunday taqiq Eronda ilk bor qo‘llanilmayapti. Shunga o‘xshash chora avval Isfahon va Hamadon viloyatlarida ham kuchga kirgan.
Live
Barchasi