Eronda Isroil foydasiga josuslik qilganlar dorga osildi

Olam

image

Eronda Isroil razvedka xizmati Mossadga ishlagan bir necha kishi qatl etildi. Bu haqda mahalliy “Mizan” gazetasi yozdi.

Sud qaroriga ko‘ra, Vafo Khenare, Aram Omari, Rahmon Parhazo va Nasim Namoziy pul evaziga Eron huquq-tartibot idoralari xodimlarining uylari va mashinalarini yoqib yuborgan. Qayd etilishicha, mahkumlar mamlakat xavfsizlik tizmlarini buzishga uringan.

G‘arbiy Ozarbayjon viloyati sudi bayonotiga ko‘ra, Eron hukumati Isroilga aloqador bo‘lgan sabotaj guruhining o‘n nafar a’zosidan to‘rt nafariga nisbatan o‘lim jazosini ijro etgan.

“Bugun ertalab Isroil razvedka xizmati Mossad zobitlari boshchiligida o‘z harakatlari bilan mamlakat xavfsizligiga putur yetkazishga uringan va sionistik rejimga aloqador bo‘lgan qo‘poruvchilik guruhining to‘rt nafar a’zosi dorga osildi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, 24 oktyabr kuni Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyati bosh sudyasi Nosir Atabati Eron razvedkasi xodimlari 10 kishidan iborat guruhni hibsga olganini aytgan. Tehronga ko‘ra, ularning asosiy vazifasi Isroilga qarshi ishlayotgan Eron maxsus xizmatlari va qurolli kuchlari xodimlarini aniqlash bo‘lgan va ular Mossad zobitlari bilan bevosita video aloqa o‘rnatgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyi oxirlarida namoyishda qatnashgan yigit Eron qamoqxonasida o‘ldirib yuborilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil josus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing