Eronda internet to‘liq o‘chirildi

Olam

image

Eron bo‘ylab internet deyarli to‘liq o‘chirildi. Bu haqda NetBlocks xalqaro internet monitoring xizmati X sahifasida xabar berdi.

Hodisa bir necha oldingi qisman uzilishlar ortidan yuz berdi va bir necha kunlik raketa hujumlaridan so‘ng Isroil bilan harbiy ziddiyat kuchaygan bir paytga to‘g‘ri keldi. 

NetBlocks qayd etishicha, bungacha respublikada Isroil bilan ziddiyat kuchayishi fonida kichikroq nosozliklar bo‘lgan. 13 iyundan, ya’ni Isroil operatsiyasi boshlanganidan beri xizmat taqdim etgan grafikga ko‘ra, internet mavjudligi 60 foizdan pastga tushmagan. Endi grafikdagi chiziq deyarli nolga yaqin.

Keyinroq Eron Aloqa vazirligi Isroilning tarmoqdan foydalanishi sababli rasmiylar internetni vaqtincha cheklayotganini ma’lum qildi.

“Bosqinchining mamlakat aloqa tarmog‘idan harbiy maqsadlarda foydalanishi hamda odamlarning hayoti va mulkiga tahdid solishi munosabati bilan vakolatli organlar qarori asosida foydalanuvchilarning internet tarmog‘iga kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi”, deya xabar beradi ISNA.

Vazirlikning ta’kidlashicha, mamlakat ichida xizmatlar ko‘rsatuvchi platformalarga kirish imkoni saqlanib qolgan. Yirik nosozliklardan biri 17 iyun kuni qayd etilgan. 13 iyun kuni Aloqa vazirligi mamlakatda “maxsus shartlar tufayli” internetga kirishga cheklovlar kiritilgani haqida xabar bergan edi. Vaziyat barqarorlashganda ularni olib tashlashga va’da berishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp matbuot anjumanidagi chiqishi chog‘ida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga har kuni qo‘ng‘iroq qilishini aytdi. Trampga ko‘ra, u Isroil Bosh vaziriga ko‘proq harbiy yordam berishga tayyor emasligini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron internet Isroil NetBlocks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing