Eronda diniy ulamo noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirildi
Olam
−
20 iyul 4886 1 daqiqa
Eronning janubi-sharqidagi Mirjave chegara shahrida diniy ulamo Mavlaviy Muhammad Anvar Rigiy noma’lum qurolli shaxslar tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, hodisa bugun, 20 iyul kuni sodir bo‘lgan. Mahalliy rasmiylar hodisa yuzasidan tergov davom etayotganini bildirib, aholini xotirjamlikni saqlashga chaqirgan. Ularga ko‘ra, hujumdan maqsad viloyatda xavfsizlikka putur yetkazish va mazhablararo nizolarni qo‘zg‘atishdan iborat bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Siston va Balujiston viloyati Eronning eng kambag‘al hududlaridan biri bo‘lib, aholisining katta qismini sunniy mazhabiga e’tiqod qiluvchi balujlar (asosan Eron, Pokiston va Afg‘oniston hududlarida yashovchi eron tillari guruhiga mansub xalq) tashkil etadi. Mazkur viloyatda uzoq yillardan beri diniy yoki etnik qurolli guruhlar xavfsizlik kuchlari hamda Tehron hukumatiga yaqin deb hisoblangan shaxslarga qarshi hujumlar uyushtirib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Razvedka boshqarmasi boshlig‘i Majid Xodemiy AQSH va Isroil hujumi paytida halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi