Eronda 7 ta harbiy kema yonib ketdi. AQSH va Isroil sabotajda gumonlanyapti

Olam

image

Eron janubidagi Busher shahrida portlash va uning ortidan boshlangan yong‘in oqibatida yettita harbiy kema yonib ketdi. Hodisada kim jarohatlanmagan, yong‘in sababi hozircha noma’lum. “Fox News”ning yozishicha, Busherda Erondagi yagona atom elektr stansiyasi joylashgan.

Oxirgi haftalarda Eronda mamlakat yadro dasturiga bevosita yoki bilvosita aloqador sanoat korxonalari va harbiy ob’ektlarda qator shu kabi hodisalar sodir bo‘ldi.

13 iyul kuni tarixiy Xuroson viloyatida tabiiy gaz ishlab chiqarishga aloqador ob’ektda portlash yuz berdi. 4 iyul kuni Eron g‘arbidagi elektr stansiyada portlash oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Bir kun oldin esa, Natanzedagi uranni to‘yintiruvchi korxonada portlash sodir bo‘lgan. Iyun oxirida Parchindagi harbiy bazada gaz portlagandi. Ammo bu hodisalarda qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Ko‘plab tahlilichilar bu hodisalar o‘zaro aloqador va Isroil, AQSH yoki Eronning boshqa biror tashqi dushmani tomonidan olib borilayotgan sabotajning bir qismi deb hisoblamoqda. “The New York Times” gazetasi razvedkadagi manbasiga tayanib, Natanzedagi portlashni Isroil maxsus xizmati uyushtirganini yozdi.

Ma’lumot uchun, Eron va AQSH munosabatlari Donald Tramp hokimiyatga kelishi bilan keskinlashdi. U Amerikani Eron yadro dasturi bo‘yicha bitimdan olib chiqib ketdi. 2020 yil boshida mamlakatlar urush yoqasiga kelib qoldi. Bunga Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning Bag‘dodda AQSH havo hujumi natijasida o‘ldirilishi sabab bo‘ldi. Bunga javoban Eron Iroqdagi AQSH bazalarini bombardimon qildi. Hujumlar natijasida unda hech kim halok bo‘lmadi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in kema

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing