Eronda 6 odam namoyishlar ortidan o‘limga hukm qilindi
Olam
−
21 noyabr 2022
6702Tehron sudi Erondagi namoyishlarda ishtirok etgan yana bir fuqaroga nisbatan o‘lim hukmi chiqardi. Bu haqda kecha, 20 noyabr kuni “Tasnim” agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, ayblanuvchilar Sattorxon hududida (Tehronning sharqiy qismi) ko‘chalarni to‘smoqchi bo‘lgan va o‘tkinchilarga sovuq qurollar bilan hujum qilgan. Eronning “Basij” jangarilari tarafdorlari namoyishchini hibsga olishga uringan, oqibatda ulardan biri yaralangan.
O‘lim hukmi vaqtinchalik ekanligi haqida ma’lumot berilmagan. Bu hukm Eron sud amaliyotidagi tartibsizliklar boshlanganidan beri namoyishchilar uchun o‘lim jazosi tanlangan oltinchi holat bo‘ldi.
Joriy yilning 16 noyabr kuni “Mehr” agentligining xabar berishicha, Eronning Tehron viloyatida uch nafar tartibsizlikka qarshi chiqqan fuqarogaa dastlabki o‘lim hukmi chiqarilgan: ulardan biri huquq-tartibot idorasi xodimini o‘ldirishda, yana ikki nafari jamoat mulkiga zarar yetkazganlikda ayblangan.
13 noyabr kuni hukumat binosiga o‘t qo‘yish va tartibsizliklar uyushtirishda ayblanib, birinchi o‘lim hukmi chiqarilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Eronda 22 yoshli Mahsa Amini o‘limidan so‘ng boshlangan va ikki oydan ortiq davom etgan norozilik namoyishlarida 378 kishi, jumladan 47 bola halok bo‘ldi.
Mahsa Amini vafoti va namoyishlar
Joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.
Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.
Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi.
Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.
Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.
Eronda uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan norozilik to‘lqini kuzatildi, so‘nggi to‘rt hafta ichida kamida 233 namoyishchi halok bo‘ldi. Namoyishchilar politsiya va “Basij” militsiyasi a’zolariga hujum qilgan, Qur’onni tahqirlagan, masjidlar va hukumat binolariga o‘t qo‘ygan, hijobli ayollarga hujum qilgan, tez yordam mashinalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga hujum qilingan. Ishtirokchilar Eronning turli shaharlarida hibsga olindi.
LiveBarchasi