Eronda 56 kishi sel va toshqinlar qurboni bo‘ldi

Olam

image

Eronning qator viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik sabab kuzatilayotgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 56 qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Eron Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari Mehdi Velipur davlat televideniyesi orqali 28 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotganini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng ko‘p zarar va qurbonlar Tehron viloyatida qayd etilgan bo‘lib, Dovut va Zarrindasht Firuzkuh tumanlarida 32 kishi halok bo‘lgan. Yana 24 kishi Eronning boshqa viloyatlarida qurbon bo‘lgan.

Velipurning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning 3,5 ming aholisiga yordam ko‘rsatilgan, tabiiy ofat zonalarida 1,5 ming kishi qutqarilgan.

Ayni paytda meteorologlar Islom Respublikasida yomg‘irli ob-havo 1avgust, dushanba kunigacha davom etishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron toshqin

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing