Eronda 171 nafar odam alkogoldan zaharlanib o‘ldi
Olam
−
20 iyun 2023
5667Eronning Alborz viloyatida alkogoldan 171 nafar odam zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat tibbiyot universiteti dekani Shahram Sayyodiy so‘zlariga tayanib, "Mir24" nashri xabar berdi.
“Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh kun ichida tarkibida metanol (spirt) bo‘lgan alkogoldan zaharlanganlar soni 171 kishiga yetdi”, deydi Sayyodiy.
Shuningdek, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbari general Hamid Xadavand zaharlanishga olib kelgan spirtli ichimliklar tarqatish bo‘yicha olti kishi qo‘lga olingani haqida ma’lum qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mahsulot ishlab chiqaruvchilari ifloslangan texnik spirtni noqonuniy ravishda ishlatgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari korxonadan 6,5 ming litr ushbu spirtni olib, zavodni muhrlab qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 30 dan ortiq odam “Mister Sidr” bilan zaharlanib, halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi