Eron Yevropa davlatlari bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi
Olam
−
09:30
545Joriy yilning 29 noyabr kuni Eron Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya bilan muhim mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilish uchun muzokaralar olib borishini ma’lum qildi. Bu haqda ISNA agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eron va uch Yevropa davlati tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Falastin va Livandagi vaziyat hamda Eronning yadroviy dasturi yuzasidan fikr almashish uchun uchrashadi.
Uchrashuv joriy yilning sentyabr oyida Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan avvalgi muloqotlarni davom ettirish uchun mo‘ljallangan.
“Nyu-Yorkda rejalashtirilgan muzokaralarning ushbu raundida bir qator mintaqaviy va xalqaro muammolar, jumladan Falastin va Livan, shuningdek, yadroviy muammolar muhokama qilinadi”, deydi matbuot kotibi.
Nashrga ko‘ra, Eron muzokara davomida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yevropa Ittifoqi bilan yadroviy muzokaralar o‘tkazishi va 2015 yilgi yadroviy kelishuvni qayta tiklash yo‘llarini ko‘rib chiqadi.
LiveBarchasi