Eron yetakchilaridan biri kutilmaganda Putinning huzuriga bordi
Olam
−
31 yanvar 5722 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvada Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijani bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Kreml Eron vakili bilan qanday masalalar muhokama qilingani va uchrashuvlar qancha vaqt davom etgani haqida ma’lumotlar keltirmagan.
Qayd etish joiz, 16 yanvar kuni Putin Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Suhbat davomida tomonlar Eron atrofidagi keskinlikni imkon qadar tezroq kamaytirish va yuzaga kelgan barcha muammolarni faqat siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga o‘zaro manfaatdor ekanini ta’kidlagan.
Eronda iqtisodiy vaziyatdan norozilik tufayli ommaviy norozilik namoyishlari dekabr oyining oxirida boshlangan. Tartibsizliklar davrida mamlakatda internet va mobil aloqa vaqtincha o‘chirib qo‘yilgan. 16 yanvar kuni OAV huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar va mahalliy aholi vakillariga tayanib, Eron hukumati noroziliklarni bostirishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgan.
OAVga gapirgan ismi oshkor etilmagan eronlik rasmiyga ko‘ra, namoyishlar davomida kamida 5 ming kishi halok bo‘lgan, ularning 500 nafari xavfsizlik kuchlari xodimlari bo‘lgan. Eron rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida 250 ta maktab, qariyb 90 ta diniy o‘quv muassasasi va 300 ta masjid zarar ko‘rgan.
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa mamlakatdagi ommaviy noroziliklar vaqtida 3117 kishi halok bo‘lganini bildirgan.
Tartibsizliklar boshlanganidan buyon AQSH Prezidenti Donald Tramp bir necha bor namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tehronga zarbalar berish bilan tahdid qilgan. Kreml esa AQSH va Eronni kuch ishlatishdan voz kechib, masalalarni muzokaralar orqali hal etishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli USS Delbert D. Black kemasi Qizil dengiz bo‘yida joylashgan Isroilning Eylat portiga kirib kelgani haqida xabar berilgandi. Bu voqea Eron atrofidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda sodir bo‘lgan.
Live
Barchasi“Open budget” boshlandi
09:37