Eron yana bir raqibi bilan yaqinlashyapti
Olam
−
17 mart 2023
13241Bugun, 17 mart kuni Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxaniy Birlashgan Arab Amirliklarida yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Tehron Fors Ko‘rfazi davlatlari bilan aloqalarni kengaytirishga intilayotganini isbotladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Eron va BAA o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun bir yil avval yaratilgan qulay platformalarni hisobga olib, men bu safarni siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik munosabatlari uchun yangi bosqich deb bilaman”, degan Ali Shamxaniy.
Ta’kidlash joizki, 2016 yilda Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga namoyishchilar tomonidan bostirib kirilishi ortidan Ar-Riyod Tehron bilan aloqalarini uzganidan keyin BAA ham Eron bilan diplomatik aloqalarini pasaytirgan edi. Geosiyosiy raqobatning turli tomonlarida bir necha yil davom etgan adovatdan so‘ng, BAA 2019 yilda Tehron bilan qayta aloqani boshlagan.
O‘tgan yili esa Tehron bilan biznes va savdo aloqalariga ega bo‘lgan BAA o‘rtasida diplomatik aloqalar yaxshilana boshlagan, Dubay amirligi Eronning tashqi dunyo bilan asosiy aloqalaridan biriga aylangandi.
Eron va G‘arb o‘rtasidagi keskinlik Tehronning yadroviy faoliyati va Rossiyaning Ukrainadagi urushi uchun uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berishi, shuningdek, mamlakatda bir necha oy davom etgan aksilhukumat namoyishlari kuch bilan bostirilishi sababli kuchaygan edi. Shuning uchun ham Tehron mintaqadagi qo‘shnilari bilan aloqalarni yaxshilarshga intilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy vositachiligida Eron va Saudiya Arabistoni o‘zaro aloqalarni tiklagan hamda ikki oy ichida elchixonalarini qayta ochishga kelishib olgan edi.
LiveBarchasi