Eron yadroviy inshootlarini katta kuch bilan qayta tiklaydi – Pezeshkiyon
Olam
−
02 noyabr 2025 4241 1 daqiqa
Tehron o‘zining yadroviy inshootlarini “katta kuch bilan” qayta tiklaydi, biroq mamlakat yadroviy qurolga intilmaydi. Bu haqda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bugun, 2 noyabr kuni davlat ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Pezeshkiyon bu fikrlarini mamlakat Atom energiyasi tashkilotiga tashrifi chog‘ida Eron yadro sanoatining yuqori lavozimli rahbarlari bilan uchrashganida bildirdi.

“Binolar va fabrikalarni vayron qilish biz uchun muammo tug‘dirmaydi, biz ularni yanada qutratliroq kuch bilan qayta tiklaymiz”, dedi Eron Prezidenti davlat ommaviy axborot vositalariga.
Joriy yil iyun oyida AQSH, Vashingtonning ta’kidlashicha, yadroviy qurol ishlab chiqarishga qaratilgan dasturning bir qismi bo‘lgan Eron yadroviy inshootlariga hujumlar uyushtirgandi. Tehron o‘zining yadroviy dasturi faqat fuqarolik maqsadlarida ekanligini ta’kidlamoqda.

“Bularning barchasi xalq muammolarini hal qilish, kasalliklar va xalq salomatligi uchun mo‘ljallangan”, dedi Pezeshkiyon Eronning yadroviy faoliyati haqida gapirib.
AQSH Prezidenti Donald Tramp esa agar Tehron Qo‘shma Shtatlar joriy yil iyun oyida bombardimon qilgan inshootlarni qayta tiklashga harakat qilsa, Eron yadroviy inshootlariga yangi hujumlar uyushtirishni buyurishi haqida ogohlantirgandi.
Live
Barchasi