Eron yadro kelishuvdagi ba’zi shartlarga amal qilishni to‘xtatdi

Olam

image

Bugun, 15 maydan Eron Islom Respublikasi “Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi” (HUHR) yadro dasturi doirasidagi bir qism majburiyatlarini bajarishni to‘xtatdi. Bu haqda Eron Atom energetikasi agentligi vakili ISNA axborot portaliga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qaror Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan. Tez orada rejadagi ishlar e’lon qilinishi hamda Arake va Natanzega OAV vakillarining kiritilishi masalasi ko‘rib chiqilayotgani ta’kidlangan.

Manba rasmiy Tehron avvalroq kelishuv ishtirokchilari 60 kun ichida shartlarni bajarmasa, mamlakat uranni to‘yintirish ishlarini qayta tiklashi, Arakedagi reaktor modernizatsiyasini yakunlashi mumkinligi haqida ogohlantirganini eslatib o‘tdi.

8 may kuni Eron Prezidenti Hasan Ruhoni HUHRning ikkita shartiga amal qilish to‘xtatilganini e’lon qilgandi. Ruhoni umumiy uran miqdori 300 kgdan oshib ketsa, ortiqchasini chet davlatlarga sotish haqidagi bandlarni nazarda tutgandi. Rasmiy Tehron Yevropadan kelishuvning Eron manfaatlari aks etgan bandlari, xususan, bank sohasi va neft savdosi masalalari bo‘yicha majburiyatlarini bajarishini talab qilyapti.

Ma’lumot uchun, Arake va Natanzeda Eron yadro ob’ektlari joylashgan. Xususan, Natanzeda uranni to‘yintirish bo‘yicha ikkita zavod, Arakeda og‘ir suv ishlab chiqaruvchi zavod va og‘ir suvli tadqiqot reaktori joylashgan.

Shu o‘rinda, “Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi” 2015 yilda bir tomondan Eron, ikkinchi tomondan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari va Germaniya o‘rtasida imzolangan kelishuv. Biroq 2018 yil 8 may kuni AQSH kelishuvdan chiqdi. Kelishuv Arakedagi reaktorlarni tinch maqsadlarda yadro sinovlarini o‘tkazish uchun qayta qurishni va uranni to‘yintirish darajasini 3,67 foizdan oshirib yubormaslikni nazarda tutardi. Buning evaziga rasmiy Tehrondan BMT Xavfsizlik Kengashi hamda AQSH va Yevropa Ittifoqining bir tomonlama sanksiyalari olib tashlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron yadro dasturi

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing