Eron va Ukrainada motam e’lon qilindi

Olam

image

Bugun, 9 yanvar Eronda ikki fojia munosabati bilan motam kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda Eron hukumati vakili xabar berdi.

Amaldorning Twitter`da yozishicha, Eron ushbu qarorni general Qosim Sulaymoniy bilan vidolashuv marosimida yuzaga kelgan tiqilinchda o‘nlab eronliklar halok bo‘lgani munosabati bilan qabul qilgan. Eronning Kermon viloyatida o‘tgan marosimda 56 kishi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, Eron “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 samolyoti Tehron yaqinida halokatga uchrashi oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarni xotirlaydi.

Tehron yaqinida yuz bergan aviahalokatda 179 kishi halok bo‘ldi. Ularning asosiy qismi eronlik bo‘lgan.

Ukrainada ham samolyot halokati va odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan motam e’lon qilindi. Mamlakatda davlat bayrog‘i pastroq tushirilib, ko‘ngilochar tadbirlar bekor bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ukraina aviahalokat

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing