Eron va Latviyadan olib kelingan fuqarolar Namangandagi sihatgohga joylashtirildi

Jamiyat

image

Eron va Latviyadan olib kelingan O‘zbekiston fuqarolari Namangandagi sihatgohga karantinga joylashtirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ngan ikkita reysda Latviya va Eron davlatlaridan fuqarolar olib kelindi. Tegishli dizenfeksiyalash ishlaridan so‘ng, yo‘lovchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, avtobuslarda 14 kunlik karantin uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga olib ketildi. 

Ayni paytda ulardan bir guruhi “Kosonsoy” sihatgohiga joylashtirilgan. Dam olish maskanida ularning belgilangan muddatda istiqomat qilishlari uchun zarur sharoitlar muhayyo etilgani aytilmoqda.

“Karantinga olingan hamyurtlarimizning salomatligi qat’iy nazoratga olingan. Tegishli shifokorlar guruhi ish olib bormoqda. Dori-darmon va dizinfeksiyalash vositalari zahirasi yaratilgan. Karantindagilar vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazishlari uchun sport jihozlari mavjud. Savdo xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Sihatgoh oshxonasida 3 mahal issiq ovqat berilyapti”, deydi “Kosonsoy” sanatoriysi faoliyati va holati bo‘yicha mas’ul Tohirjon Turdiyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantinga olinganlar ayni vaqtda 2100 kishini tashkil etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Eron Latviya

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing