Eron va Isroil to‘qnashuvida kim yutqazadi? Ekspertlar tahlil qildi

Olam

image

Agar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu shanba oqshomidagi Eronning hujumiga, global bosimga e’tibor bermay, javob qaytarishga qaror qilsa, forslarning eskirgan havo mudofaasi bunga bardosh bera olmasdi. Faqat buning uchun yahudiylar anchagina xarajatga tushardi. Bu haqda tahlilchilarning fikriga tayanib, "Reuters" axborot agentligi yozdi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Isroil eskirgan havo kuchlari va rus modellariga asoslangan havo mudofaa tizimiga ega bo‘lgan Eronning "burnini yerga ishqalab qo‘yish"da unchalik muammoga duch kelmaydi. 

Eronning misli ko‘rilmagan havo hujumi Isroilning mudofaa tizimlarining kuchini ko‘rsatdi: unga qarshi uchirilgan yuzlab ballistik raketalar, qanotli raketalar va uchuvchisiz samolyotlar kutilganidan ancha kam zarar yetkazdi.

Isroil havo mudofaasi bo‘yicha sobiq rahbar Zvika Xaimovichning aytishicha, forslarning havo mudofaasi, asosan, Rossiyaning S-200 va S-300 zenit-raketa tizimlari yoki "Bavar-373", "Xordod", "Raad", "Sayyod" va "Talash" kabi mahalliy ishlab chiqarilgan bir qator ekvivalentlar, shuningdek, eski Amerika va Rossiya harbiy samolyotlari (hattoki ularning ba’zilari 1970 yillar Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy davriga oid) dan iborat.

Isroilning ko‘p qatlamli havo mudofaasi – yuqori balandlikdagi "Arrow", o‘rta masofali David’s Sling tizimlari hamda G‘azo va Livandan otilgan minglab raketalarni zararsizlantirgan qisqa masofali qurollarga qarshi Temir gumbazi kuchli himoyani ta’minlaydi. Ammo bu Isroil uchun arzonga tushmaydi.

Isroil rasmiylari hech qanday ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, bir qator tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Eron hujumining taxminiy narxi 80 milliondan 100 million dollarga yetgan, Isroil va uning ittifoqchilari esa hujumni qaytarish uchun taxminan 1 milliard dollar sarflagan.

Ukrainada o‘q-dori yetishmovchiligi yuzaga kelayotgan bir davrda, minglab raketa arsenaliga ega bo‘lgan Eron yoki uning ishonchli vakili Livandagi "Hizbulloh"ning hujumlari oxiri yahudiy davlatini charchatishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing