Eron va Iroq qo‘shma mudofaa loyihalarini yaratishni ko‘rib chiqmoqda
Olam
−
06 dekabr
1420Eron va Iroq “qarshilik” kuchlari yoki muntazam armiya ishtirokida qo‘shma mudofaa loyihalarini yaratish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda eronlik rasmiyga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
“Eron va Iroq “qarshilik” guruhlari, hatto muntazam armiyalar ishtirokida qo‘shma mudofaa loyihalarini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda”, dedi nashr manbasi.
Nashrning yozishicha, Iroq Tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn Suriyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun suriyalik va eronlik hamkasblari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuv o‘tgan hafta suriyalik isyonchilar tomonidan boshlangan tezkor hujumlardan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Ular Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya Prezidenti Bashar Asad nazoratidagi asosiy shimoliy shahar Halabni egallab olgan va kecha, 5 dekabr kuni Hamani ham qo‘lga kiritgandi.
Ma’lumot uchun, 2011 yildan buyon Suriyada qurolli mojaro davom etmoqda. 2017 yildan boshlab mazkur mojarolarga bag‘ishlangan Ostona formatidagi muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu formatda Rossiya, Eron va Turkiya hamda Suriya hukumati va muxolifati vakillari, shuningdek, BMT va kuzatuvchi davlatlar – Iordaniya, Livan va Iroq ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Hayat Tahrir ash-Shom” radikal ekstremistik guruhi a’zolari Damashqqa olib boruvchi yo‘lda joylashgan yirik Hama shahrini uch tomondan o‘rab olgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi