Eron va AQSH yadroviy masalalar bo‘yicha muzokara boshladi

Olam

image

Eron va Amerika Qo‘shma Shtatlari vositachilar orqali Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha xabar almashadi. Bu haqda bugun, 6 mart kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanani matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Eron va Qo‘shma Shtatlar vositachilar orqali xabar almashmoqda. Janob [MAGATE Bosh direktori] Grossining tashrifi tomonlarni qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi qoidalariga rioya qilish uchun qaytarish jarayonining bir qismidir”, deydi Nosir Kanani. 

Eslatib o‘tamiz, 3-4 mart kunlari Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafayel Grossi Tehronga tashrif buyurgandi. U Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslamiy bilan ikki raund muzokaralar o‘tkazgan va Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan bilan uchrashgandi. 4 mart kuni Grossi Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan muzokaralar olib borgan. Uchrashuvda agentlik rahbari joriy tashrif davomida ishlab chiqilgan, Eron va MAGATE o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi qo‘shma chora-tadbirlardan mamnunligini bildirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron MAGATE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing