Eron-O‘zbekiston o‘yinini ummonlik hakam boshqaradi
Sport
−
24 Mart 2025 7941 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati saralashi 3-bosqich “A” guruhi 8-turidan o‘rin olgan Eron-O‘zbekiston o‘yinini ummonlik Ahmad Al-Kaf boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
E’tiborlisi, 42 yoshli hakam shu vaqtga qadar O‘zbekiston terma jamoalarining 3 ta o‘yinida ishlagan va hech birida o‘zbekistonlik futbolchilar mag‘lubiyatga uchramagan. Faqatgina Kaf hakamlik qilgan “Al-Fayha” va “Paxtakor” klublari o‘rtasidagi bahsda saudiyaliklarning qo‘li baland kelgan.
O‘zbek futboli uchun tarixiy g‘alaba sifatida tarixga muhrlangan 2018 yilgi U-23 Osiyo kubogi finali doirasida O‘zbekiston-Vetnam o‘yinida ham aynan Al-Kaf ishlagan va qorli finalda “oq bo‘rilar” g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron matbuotida O‘zbekiston terma jamoasining legioner futbolchilari haqida maqola e’lon qilingandi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr