Eron-O‘zbekiston o‘yinida hisob ochilmadi
Sport
−
11 iyun 2024 11430 1 daqiqa
Bugun, 11 iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralashi doirasida Eron-O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi.
“E” guruhi g‘olibligi uchun Tehrondagi "Ozodiy" stadionida kechgan bahs nursiz durang bilan yakunlandi. Shunday qilib, O‘zbekiston ham, Eron ham bir xil 14 ochko jamg‘arib, saralashning 3-raundiga yo‘l oldi.
Eron to‘plar nisbatining yaxshiligi bois guruhda 1-o‘rinni band etdi. Endi jamoalar 3-raundda uch guruhga bo‘lingan holda Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, 3-bosqich o‘yinlari sentyabr oyida start oladi. Osiyodan Jahon chempionatiga 7 jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Yana bitta jamoa esa yarimta yo‘llanma uchun kurashadi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr