Eron Turkmaniston hududida gaz quvuri quradi

Olam

image

Eron kompaniyalari Turkmaniston hududida 125 kilometr uzunlikdagi yangi gaz quvuri va Eronga qo‘shimcha gaz yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan uchta gaz kompressor stansiyasini quradi. Bu haqda  Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

1-3 iyul kunlari Ashxobodda Turkmaniston va Eron tomonlarining ushbu mavzu bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv yakunida Turkmanistondan Eron orqali Iroqqa svop sxemasi bo‘yicha yiliga 10 milliard kub metr gaz yetkazib beriladigan oldi-sotdi shartnomasi imzolandi. Bundan tashqari,  Eronga Dovletobod – Seraxs – Xangeran yo‘nalishlari va Chaloyuk gaz o‘lchash stansiyasi orqali yetkazib beriladigan gaz hajmini yiliga 40 milliard kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mart oyida Turkmanistondan Iroqqa Eron orqali almashtirish sxemasi bo‘yicha gaz yetkazib berish boshlanishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. 2024 yil yanvar oyida Iroq turkman gazini almashtirish importini boshlash uchun barcha talablarni bajarganligi ma’lum bo‘ldi. Ta’minot boshlanishining kechikishi barcha shartlarni Eron bilan muvofiqlashtirish zarurati bilan bog‘liq edi.

2022 yildan boshlab Turkmaniston xuddi shu sxema bo‘yicha Eron orqali Ozarbayjonga gaz eksport qildi. Biroq 2024 yil yanvar oyida Ashxobod va Baku gaz hajmi va narxini kelisha olmaganligi sababli eksport to‘xtatildi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing