Eron Turkiyaning G‘azo bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlaydi
Olam
−
01 noyabr 2023
34512Tehron Anqara tomonidan taklif qilingan Falastin-Isroil mojarosini hal qilish uchun xavfsizlikka kafillik g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon turkiyalik mavqedoshi bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan kafil davlatlar g‘oyasi va tashabbusi haqida gaplashdik. Biz urush avj olishining oldini olishga qaratilgan har qanday siyosiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan Abdullohiyon.
Shuningdek, Eron Tashqi ishlar vaziri Isroil tovarlariga embargo qo‘yishga va uning harbiy jinoyatlari ustidan sud jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgan.
Ma’lumot uchun, Eron TIV rahbari Qatarda ham bo‘lgan. U yerda Abdullohiyon Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Bosh vazir va Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy hamda HAMASning Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya bilan muzokaralar o‘tkazgan. Turkiyaga borgan Abdullohiyon Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an qabulida ham bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Anqara Isroil bilan tinchlik kelishuviga erishishda Falastin uchun kafil sifatida harakat qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi