Eron terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi
Sport
−
15 may 2019
4214Belgiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Mark Vilmots Eron terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Taj rasman keng jamoatchilikka ma’lum qildi.
50 yoshli murabbiy bilan JCH-2022 oxirigacha shartnoma tuzildi. Ma’lum bo‘lishicha, Vilmots Eronga ikki nafar yordamchisi bilan tashrif buyuradi hamda Eron FF yiliga har uchala mutaxassis uchun jami 1,5 million dollar miqdorida maosh to‘lab beradi. Shuningdek, mahalliy yosh murabbiylardan Javod Nekunam ham terma jamoa murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi.
Xabaringiz bor, Osiyo Kubogi-2019 yakuniga yetganidan beri Eron terma jamoasi bosh murabbiysiz qolib kelayotgandi. Chunki Karlush Keyrush allaqachon mamlakatni tark etib, Kolumbiya terma jamoasini qabul qilib oldi. Bu orada eronliklar bir nechta murabbiylar bilan muzokara olib borishdi va yakunda Mark Vilmots varianti ustida to‘xtalishdi.
Vilmots yangi ish joyidagi ilk o‘yinini Suriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 6 iyun kuni Tehronda bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Eron Seulga safar qilib 11 iyun kuni Janubiy Koreya bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
LiveBarchasi