Eron sobiq prezidenti ham o‘ldirilgan – OAV

Olam

image

Eron sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod Isroil va AQSHning Tehronning Narmak tumanidagi qarorgohga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda ILNA xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, u bilan birga qo‘riqchilari ham halok bo‘lgan. Hozircha bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q.

Ma’lumot uchun, Ahmadinajod Eronning oltinchi prezidenti bo‘lib, ushbu lavozimni 2005 yildan 2013 yilgacha egallagan. Bungacha u Ardebil viloyatini boshqargan va Tehron meri bo‘lgan. Prezidentlik lavozimidan ketganidan so‘ng, Oliy rahbar Xomanaiyning farmoni bilan Oliy rahbar huzuridagi maslahat organi – Mamlakat manfaatlarini aniqlash kengashi tarkibiga kirgan.

U o‘zining Isroilga qarshi keskin ritorikasi, xususan “Isroilni dunyo xaritasidan artib tashlash” chaqiriqlari va Xolokostni inkor etishi bilan mashhur edi. 2006 yilda u Eronning “yadroviy davlatlar klubiga a’zo bo‘lganini” e’lon qilgan, shu bilan birga yadro qurolini “g‘ayriinsoniy” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va AQSHning Eronga zarbalari kecha, 28 fevral kuni ertalab boshlandi. Hujumlar davomida Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ldirilgan – uning jasadi Tehrondagi qarorgohi vayronalari ostidan olib chiqilgan. Shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari Muhammad Pakpur va Mudofaa vaziri Amir Nasirzoda ham halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Mahmud Ahmadinajod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing