Eron Shvetsiya fuqarosini qatl etdi

Olam

image

Bugun, 6 may kuni ertalab Eronda “Harakat an-Nidal” separatistik guruhi rahbari Habib Farajulloh Chaab qatl etildi. Bu haqda Eron sud hokimiyati matbuot xizmatiga tayanib, “Mizan” agentligi xabar berdi.

Eron rasmiylariga ko‘ra, Chaab 2005 yildan beri taqiqlangan “Harakat an-Nidal” guruhiga rahbarlik qilib kelgan. Ushbu guruhning harakatlari natijasida 450 dan ortiq Eron fuqarolari halok bo‘lgan yoki yaralangan. Xususan, 2018 yil 22 sentyabr kuni “Harakat an-Nidal” tomonidan uyushtirgan Ahvazdagi harbiy paradga hujum oqibatida 25 kishi o‘lgan va 60 kishi yaralangan.

2020 yilning kuzida Eron razvedka idoralari Chaabni qo‘shni Turkiyada qo‘lga olib, Tehronga olib ketgan. 2022 yilda u Eron janubi-g‘arbidagi neftga boy Xuziston viloyatida alohida davlat tuzishga intilayotgan harakatga rahbarlik qilish hamda “ko‘p sonli portlashlar va terroristik amaliyotlar”ni rejalashtirish va amalga oshirishda ayblanib, sudga tortilgan.

Aytilishicha, Habib Farajulloh Chaab ham Eron, ham Shvetsiya fuqaroligiga ega bo‘lgan. Shuning uchun ham Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi uning qatl etilishiga norozilik bildirish uchun Eron elchisi o‘rinbosarini chaqirtirgan. Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstrom esa Chaabning qatl etilishiga "dahshat" bilan munosabat bildirgan va Shvetsiya Erondan buni amalga oshirmaslikni iltimos qilganini aytgan.

“O‘lim jazosi g‘ayriinsoniy va qaytarib bo‘lmaydigan jazodir. Shvetsiya boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan birgalikda har qanday sharoitda uning qo‘llanilishini qoralaydi", deydi Tobias Billstrom.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Shvetsiya Chaab Harakat an-Nidal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing