Eron SHHT bilan dengizdagi harbiy mashqlarini kengaytiradi

Olam

image

Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar bilan harbiy-dengiz mashqlarida ishtirokini kengaytirishga tayyor. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni Eron Mudofaa vaziri Muhammad Rizo Ashtiyaniy Nyu-Dehlida tashkilotga a’zo mamlakatlarning Mudofaa vazirlari yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Eron SHHTga a’zo davlatlar bilan qo‘shma dengiz mashqlari va xavfsizlik sohasida axborot almashish, jumladan, terrorizmga qarshi kurash kabi sohalarda faolroq hamkorlik qilishga intiladi”, degan Eron Mudofaa vaziri. 

Shuningdek, u SHHT Kotibiyati tarkibida maxsus organ – “Shanxay dengiz xavfsizligi kamari”ni yaratish zarurligini ham ta’kidlagan. Ashtiyaniyga ko‘ra, bu organ dengiz savdo yo‘llari, ayniqsa, Hind okeanidagi xavfsizlikni ta’minlash uchun javobgar bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, Eron Mudofaa vaziri G‘arbni ekspansionistik va gegemon siyosati, shuningdek, uning bir qutbli dunyoni qayta tiklashga urinishlari uchun tanqid qilgan. Uning fikricha, Ukraina inqirozi NATO harakatlarining oqibatini ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, 2001 yilda tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga hozirda Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo hisoblanadi. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka esa hamkor davlatlar maqomiga ega.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur yig‘ilishda ishtirok etayotgan Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi mojaro Vashington va uning ittifoqchilarining boshqa mamlakatlarni Moskva va Pekin bilan harbiy qarama-qarshilikka undashga e’tibor qaratganini tasdig‘i ekanini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron ShHT N'yu-Dehli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing