Eron, Rossiya, Turkmaniston va Qatar birgalikda gaz xabi tuzmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Eron, Rossiya, Turkmaniston va Qatar birgalikda Fors ko‘rfazida gaz xabi yaratish niyatida. Bu haqda bugun, 7 iyun kuni Eron neft vaziri Javad Ouji ma’lum qildi.

“Rossiya, Turkmaniston va Qatar bilan hamkorlikda Eseluye mintaqasida gaz markazini yaratishga harakat qilmoqdamiz. Tayyorgarlik choralari rejalashtirish bosqichida”, deydi Ouji. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tehron qo‘shni davlatlar bilan savdoni rivojlantirishda davom etadi. Shuningdek, Ouji Eron neft-gaz va kimyo sanoatida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganini ta’kidlab, Tehronning Venesuelada neftni qayta ishlash zavodlari qurilishidagi ishtirokini eslatgan.

Bundan tashqari, Eron vaziri jahonga bunday korxonalar zarurligi va turli mamlakatlarda shu kabi zavodlar qurilishi davom etishini ta’kidlagan.  

Ma’lumot uchun, joriy yilning aprel oyida Ouji Karakasga tashrifi chog‘ida Venesuela Vitse-prezidenti Delsi Rodriges bilan mamlakatlar o‘rtasida neft va gaz sohasida hamkorlikni oshirish, jumladan, neft va gaz konlarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha qator hujjatlarni imzolagan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Qatarga borgandi. O‘tgan oy oxirida esa Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Eronga bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron Turkmaniston Fors ko'rfazi Qatar gaz xabi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing