Eron Rossiya bilan birga dron zavodi quryapti
Olam
−
26 iyul 2023
6921Moskva va Tehron Rossiyada Ukrainadagi urushga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan Eron dizaynidagi uchuvchisiz samolyot ishlab chiqaradigan zavod qurmoqda. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni AQSH Mudofaa vazirligining Razvedka boshqarmasi tahlilchilariga tayanib, CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunday zavod Rossiyani yangi dronlar bilan ta’minlaydi, bu esa Rossiya Qurolli kuchlariga “Eron hozir yetkazib berayotganidan” sezilarli darajada ko‘proq kamikadze dronlarini olish imkonini beradi.
Shuningdek, tahlilchilar Eron zavod qurishda yordam berish uchun Rossiyaga muntazam ravishda jihozlar jo‘natib turganini da’vo qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron hozirgacha Rossiyaga 400 ga yaqin dronlarni, jumladan Shahed-131, Shahed-136 va Mohajer kabi modellarni topshirgan.
Shu bilan birga, Tehronning bir necha bor rad etishiga qaramay, Qo‘shma Shtatlarda Rossiya Eronning kamikadze dronlaridan foydalanayotgani haqida “inkor etib bo‘lmas dalillar” borligi e’lon qilgan. Xususan, Rossiya tomonidan Ukrainada foydalaniladigan dronlarning tarkibiy qismlari Eronda ishlab chiqarilgan va Iroqda topilgan qismlarga mos kelgani aytilgan.
AQSH harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Rossiyaga oldingilaridan kichikroq va yengilroq yangi Shahed -101 dronlarini yetkazib berishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Moskvaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga yordam berish evaziga Eron Rossiyadan kosmik va raketa dasturlari uchun moliyaviy ko‘mak olmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiya Eron uchuvchisiz samolyotlarini keng ko‘lamli xarid qilish haqidagi barcha ayblovlarni rad etadi. Rasmiy Tehron, o‘z navbatida, Respublika Moskvaga oz miqdorda dronlarni yetkazib berganini tan olgan. Faqat bu Eron tomonidan Ukrainada urush boshlanishidan oldin amalga oshirilgani aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tataristonning “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasidagi Alabuga politexnika kollejining voyaga yetmagan o‘quvchilari Shahed dronlarini yig‘ishga majburlangani aytilgandi.
LiveBarchasi