Eron Prezidenti poytaxtni ko‘chirishni tezlashtirishga chaqirdi

Olam

image

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon poytaxtni Tehrondan mamlakat janubiy chegaralariga, Fors ko‘rfazi sohillariga ko‘chirish bo‘yicha ishlar boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u Xatam al-Anbiya qarorgohiga tashrifi chog‘ida so‘z ochdi.

Pezeshkiyonning fikricha, Tehronni poytaxt sifatida asrab qolish bir qator sabablarga ko‘ra, birinchi navbatda, iqtisodiy sabablarga ko‘ra imkonsiz bo‘lib bormoqda.

“Tehron hal qilib bo‘lmaydigan muammolarga duch kelmoqda. Nima qilsak ham vaqtni behuda sarflaymiz. Shuning uchun bizda mamlakatning iqtisodiy va siyosiy markazini janubga – dengizga ko‘chirishdan boshqa ilojimiz yo‘q. Bu masalaga e’tibor bermaslik kelajakda mamlakatni ekologik inqiroz va boshqa ko‘plab muammolarga duchor qilishi mumkin”, deydi Prezident.

Pezeshkiyon birinchi vitse-prezident Muhammad Rizo Orifga poytaxtni ko‘chirish rejalarini nazorat qilish vazifasi yuklanganini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, Eron poytaxtini 20 millionga yaqin aholiga ega Tehrondan boshqa shaharga ko‘chirish rejasi 2013 yilning 25 dekabrida 290 o‘rinli parlamentda 110 deputatning ovozi bilan qabul qilingan edi. Reja doirasida tuzilgan kengash poytaxt uchun “eng yaxshi alternativ qayerda bo‘lishini” aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi. Biroq hozircha bu borada hech qanday chora ko‘rilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Tehron Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing