Eron parlamenti HAMAS yetakchisining o‘limi sababli favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi
Olam
−
31 iyul 2024 9770 1 daqiqa
Eron parlamentining Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilgani munosabati bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda qo‘mita rahbari Ibrohim Rizoiyga tayanib, Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.
“Eron parlamentining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi bugun shahid Xoniyaga uyushtirilgan terakt munosabati bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi”, deydi Rizoiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hodisa holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Eron poytaxti Tehrondagi hujumda halok bo‘ldi. HAMAS harakati matbuot xizmati Isroil armiyasi harakat yetakchisi istiqomat qilayotgan mehmon uyiga havodan zarba berganini qayd etdi. Xoniya Tehronga Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilganini keskin qoralagandi. Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasi Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi Yaqin Sharq mintaqasida keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkinligini yozdi.
Live
Barchasi