Eron Oliy rahbari o‘n minglab mahbuslarni afv etdi

Olam

image

Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy o‘n minglab mahkumlarni, jumladan, Erondagi so‘nggi tartibsizliklarda qo‘lga olinganlar uchun amnistiya e’lon qilinishi va jazoni yengillashtirilishiga rozi bo‘ldi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Islom inqilobi g‘alabasining 44 yilligi munosabati bilan Eron Sud hokimiyati rahbari Oyatulloh Homanaiyga maktub yo‘llab, oliy rahnamodan o‘n minglab mahkumlarni amnistiya qilish yoki jazosini yengillashtirishni taklif qilgan.

“So‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan voqealarda bir qancha odamlar, ayniqsa, yoshlar dushmanning aqidaparastligi va targ‘iboti natijasida noto‘g‘ri xatti-harakatlar va jinoyatlar sodir etishdi. Xorijiy dushmanlar va aksilinqilobiy oqimlarning rejalari barbod bo‘lgani ortidan bu yoshlarning ko‘pchiligi hozir o‘z qilmishlaridan pushaymon”, degan Sud hokimiyati rahbari o‘z maktubida.

Homanaiy ham uning taklifini qo‘llab, ko‘plab qo‘lga olinganlarni avf etishga rozi bo‘lgan. Biroq bu amnistiya xorijiy agentliklarga josuslik qilish yoki Islom Respublikasiga dushman guruhlarga aloqadorlikda ayblangan mahbuslarga taaluqli emas.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 16 sentyabrida eronlik 22 yoshli talaba qiz Mahsa Aminining mamlakat axloq politsiyasi tomonidan hijobni noto‘g‘gi o‘ragani uchun hibsga olinib, qamoqxonada o‘lim topgani ortidan Eronda norozilik namoyishlari avj olgan edi. Namoyishlarni bostirish jarayonida 500 dan ortiq kishi, jumladan 70 nafar voyaga yetmagan shaxs halok bo‘lgan, 20 mingga yaqin odam hibsga olingan edi. Norvegiyada joylashgan Eron Inson huquqlari guruhi ham shu hafta ichida kamida 100 nafar maxbus o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkinligini aytgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron Oliy rahbari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar