Eron oliy rahbari Isroilga ham, AQSHga ham qaqshatqich javob qaytarishga va’da berdi
Olam
−
02 noyabr
8975Tehron, albatta, Isroilga ham, AQSHga ham Eronga qarshi harakatlari uchun qattiq javob beradi. Bu haqda Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Milliy talabalar kuni munosabati bilan Tehrondagi qarorgohida talabalar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Xomanaiy 1979 yil 4 noyabrda Tehronda yuz bergan voqealarni eslab, o‘sha paytda AQSH elchixonasidan “josuslar uyasi” sifatida foydalanilganini aytdi. Joriy yilning 26 oktyabridagi Isroilning mintaqadagi harakatlari va Eronga hujumi haqida gapirar ekan, Xomanaiy Tehron Isroil va AQSHning harakatlarini javobsiz qoldirmasligini aytdi.
“Dushmanlar, ham sionistik rejim, ham Amerika, bilishlari kerakki, ular Eron, uning xalqi va qarshilik frontiga qarshi harakatlari uchun qattiq javob olishlari aniq. Biz, albatta, kibrga qarshi turish uchun nima kerak bo‘lsa, harbiy harakatmi, qurol yoki siyosiy harakatni qilamiz. Hozirda rasmiylar bu bilan band”, dedi oliy rahbar.
Eronda 4 noyabrda Milliy talabalar kuni nishonlanadi. 1979 yilning shu kuni eronlik talabalar AQSHning Tehrondagi elchixonasini egallab olgan.
Eslatib o‘tamiz, Oyatulloh Ali Xomanaiy 28 oktyabr kuni Milliy xavfsizlik oliy kengashiga Isroilga qarshi javob zarbasi rejasini tayyorlashni buyurgandi. Eronning yagona palatali parlamenti – Majlisning Milliy xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Sardor Kosari parlament Isroilga harbiy javob qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilganini aytdi. Voqealar fonida AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharq mintaqasiga qo‘shimcha raketalarga qarshi mudofaa esminetslari, qiruvchi otryadlar va tanker samolyotlari, shuningdek, AQSH Harbiy-havo kuchlarining bir nechta uzoq masofali zarba beruvchi B-52 bombardimonchi samolyotlarini yuborishni buyurdi.
LiveBarchasi
04 noyabr