Eron oliy rahbari Durovning hibsga olinishiga munosabat bildirdi
Olam
−
27 avgust 2024 15058 1 daqiqa
Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berdi. Bu haqda u Eron Islom Respublikasining yangi, 14-hukumati bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
“Hatto kibermakonda ham qonun ustuvorligi bo‘lishi kerak. Bu hamma joyda sodir bo‘ladi. Ko‘ryapsizmi, fransuzlar bu bechora Durovni qamoqqa tashlab, ularning qoidalarini buzgani uchun 20 yillik qamoq jazosi bilan qo‘rqitmoqda. Qoidalarni buzish qabul qilinishi mumkin emas”, degan Xomanaiy.
Ma’lumot uchun, Pavel Durovga terrorizm, giyohvandlik, jinoiy sherikchilik, firibgarlik, pul yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, telegramdagi pedofiliyaga asoslangan kontent singari bir qator ayblovlar qo‘yilgani, bu ayblovlar bilan Durov Fransiyada 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi xabar qilingandi.
Durovning Fransiyada hibsga olinishi Parij va Rossiya o‘rtasida yangi keskinlikni keltirib chiqara boshladi. Fransiya Prezidenti Emmanuyel Makron Telegram Bosh direktori Pavel Durov hech qanday siyosiy sababsiz sud tergovi doirasida hibsga olinganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi Pavel Durovga fuqarosi sifatida barcha zarur konsullik xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini berish kerakligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi