Eron neft va tabiiy gaz eksportidan 30 mlrd dollar daromad oldi

Olam

image

Kecha, 9 fevral kuni Eronning Neft vaziri Javad Ovji Mashhad shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, mamlakatning dastlabki 10 oyida neft va tabiiy gaz eksportidan katta daromad olganini ma’lum qildi. Bu haqda Eronning “Tasnim” nashri xabar berdi.

Javad Ovjining aytishicha, Eron kalendar yilining dastlabki 10 oyida, ya’ni 2023 yil 21 martdan 2024 yil 20 yanvarigacha bo‘lgan muddatda, neft va tabiiy gaz eksportidan 30 milliard AQSH dollari miqdorida daromad olgan.

Undan tashqari, vazir nutqida Eron Respublikasi hozirda kuniga 3,45 million barrel neft ishlab chiqarishini, dunyoning ko‘p mamlakatlari tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarga qaramay, mamlakat o‘zini-o‘zi ta’minlay oladigan davlat ekanligini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, 2015 yilda Eron va jahon kuchlari o‘rtasida imzolangan yadroviy kelishuvdan 2018 yilda ajralib chiqqach, AQSH o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan edi. Natijada, Eronning neft eksporti va banklariga nisbatan sanksiyalar kuchaytirildi.

Yadroviy kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha 2021 yil aprel oyida Avstriya poytaxti Vena shahrida boshlangan muzokaralar o‘z natijasini bermagan. 2022 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan yakuniy muzokaralarda ham sezilarli kelishuvga erishilmagan.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron neft' va tabiiy gaz eksporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing