Eron mundialda qatnashishdan voz kechdi

Sport

image

Eron Sport vaziri Ahmad Donyamali mamlakat terma jamoasi shu yozda 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda vazir TV2 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Korrupsiyaga botgan hukumat yetakchimizga suiqasd uyushtirganidan so‘ng biz uchun Jahon chempionatida ishtirok etish masalasi kun tartibidan chiqdi. Eronga qarshi amalga oshirilgan shafqatsiz harakatlarni – sakkiz-to‘qqiz oy ichida biz majburan ikkita urushga tortilganimizni, buning oqibatida minglab vatandoshlarimiz halok bo‘lganini hisobga olsak, bunday sharoitda (Jahon chempionatida) qatnashish imkoniyati yo‘q”, deydi Ahmad Donyamali.

Biroq shunga qaramay hali Eron futbol federatsiyasi buni rasman tasdiqlamagan. Hozircha FIFA ham holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj Eron terma jamoasi 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkinligini ma’lum qilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Eron Jahon chempionati Ahmad Donyamali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing