Eron klubi muxlislari “Zenit” bilan o‘yinda provakatsiya qo‘zg‘adi

Sport

image

Eronning “Sepaxon” futbol klubi muxlislari Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi chog‘ida provokatsion ishlarni amalga oshirdi. Bu haqda “Iran International English” Twitter sahifasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Eron klubi muxlislari tribunaga Ukraina bayrog‘ini osib qo‘ygan. 17 fevral kuni “Zenit” Isfahon shahrida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Eron chempionati peshqadami “Sepaxon”ga imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Zenit” Rossiya Premer-ligasi (RPL) turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 17 uchrashuvda Sergey Semak shogirdlari bor-yo‘g‘i bitta mag‘lubiyatga uchragan va 42 ochko jamg‘argan. Moskvaning “Spartak” klubi 36 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. 3-pog‘onani 35 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan “Rostov” futbol klubi egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Zenit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing