Eron Xitoy yordamiga umid qilmoqda
Olam
−
15 avgust 7134 2 daqiqa
Isroil bilan bo‘lib o‘tgan 12 kunlik urushda jiddiy talafot ko‘rgan Tehron o‘z raketa dasturlarini qayta tiklash uchun Xitoy bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Ynet” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Eron urushdan so‘ng o‘zining mudofaa salohiyatini faol ravishda tiklamoqda. Bu jarayonda yangi havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketa qurollarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
G‘arb razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, mojaroda jiddiy talafot ko‘rgan Tehron o‘z raketa dasturlarini qayta tiklash uchun Xitoy bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Urush davomida Eronning muhim ittifoqchisi – Livandagi “Hizbulloh” harakati Isroil hujumlariga aralashmaganidan so‘ng, Tehronda Isroilga strategik bosim o‘tkazishning asosiy vositasi sifatida o‘z raketa arsenaliga tayanish zarurligi yanada aniqroq tushunilgan.
Bundan tashqari, yadroviy qurol ishlab chiqishdan farqli o‘laroq, Eronning ballistik raketalar yaratishi xalqaro shartnomalar bilan cheklanmagan.
G‘arb maxsus xizmatlari Eron va Xitoy o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning qayta tiklanayotganiga oid belgilarni qayd etgan.
2024 yilning oktyabr oyidagi mojaro ortidan Pekin Tehronga muayyan uskunalarni yetkazib bergan edi. Endi esa razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Eronning raketa salohiyatini tiklash va modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Qayd etish joizki, Isroilda bu holat katta xavotir uyg‘otmoqda.
Yuqori martabali amaldorlarning aytishicha, Xitoy hozircha raketalar yoki ularning komponentlarini yetkazib berish niyatini tasdiqlamagan, ammo bu masalaning muhokama qilinayotganing o‘zi tashvishli.
Isroil amaldorlari Xitoyning niyatlari to‘liq tushunarli emasligini bildirgan va Pekinga bu borada tegishli signal yuborganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Eronni yadroviy tahdidda ayblab, 13 iyun tongida birinchi zarbani bergan edi. Oradan 17 soat o‘tib Eron javob zarbasini yo‘lladi va shundan so‘ng tomonlar raketa hujumlarini davom ettirdi. 22 iyun kechasi AQSH Isroilga yordam sifatida Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berdi. https://qalampir.uz/news/ak-sh-eronga-zarba-berdi-120593 23 iyun oqshomida AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron va Isroil to‘liq va har tomonlama o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini e’lon qildi.
Live
Barchasi